Saida Mirziyoyeva nevarasini bag‘riga bosayotgan prezident fotosuratini Telegram kanaliga joyladi
Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva nevarasini bag‘riga bosayotgan prezidentning fotosuratini o‘zining Telegram kanaliga joyladi.
«Bugungi yakshanba tongi fayzli bo‘ldi.
Dam olish nimaligini deyarli bilmaydigan bobojonning bag‘rilarida bo‘lish — nevaralar uchun bayramdek.
Hayotimizdagi eng quvonchli daqiqalar aslida juda oddiy narsalardan iborat — ota-ona bilan birga nonushta qilish, nevaralar qurshovida bo‘lish, bir piyola choy ustida suhbatlar...
Siz-chi, bugun ota-onangiz, buva-buvingizga quchoq ochdingizmi?» — deb yozadi Saida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter