Saida Mirziyoyeva ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus kompyuter markazini taqdim qildi
2019-yil 3-oktyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida kompyuter markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda agentlik rahbariyati, Xalq ta’limi vazirligi vakillari, maktab-internat o‘quvchilari va ularning ota-onalari, shuningdek, o‘qituvchilar qatnashdi.
Agentlik direktori o‘rinbosari S. Mirziyoyeva nutqi davomida bugungi kunda mamlakatda davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan va yoshlarning ta’lim-tarbiyasi uchun sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan «5 ta tashabbus»ni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotganini ta’kidladi.
Agentlik tomonidan taqdim etilgan kompyuterlar ko‘rishida muammo bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlariga maksimal darajada moslashtirilgan. Xususan, ular ekranda nutq interfeyslari yordamida maxsus o‘qish dasturi bilan jihozlangan bo‘lib, matn bloklari, yorliq nomlari va menyu bandlari ovozli eshitiladi.
Bundan tashqari, kompyuterlarda «Bolalik kunlarimda» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan audioertaklar, A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bazasida saqlanadigan audikitoblar joylangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter