Saida Mirziyoyeva Instagram va Feysbukda rasmiy sahifa ochdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Instagram va Feysbukda rasmiy sahifa ochdi.
U o‘zining navbatdagi postida Prezidentning ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid beshta tashabbusi haqida ma’lumot bergan.
Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva agentlikda O‘zbekistonning chet ellarda ijobiy imijini shakllantirishga mas’ul bo‘ladi. PR-markaz kuratori sifatida O‘zbekistonning xorijdagi imijini yaxshilaydi, shuningdek, agentlikning davlat organlari axborot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter