«Men tug‘ilganimda atigi 38 yoshda edilar» – Saida Mirziyoyeva buvisini bayram bilan tabrikladi
Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan birinchi ustozi, buvisini bayram bilan tabriklab post qoldirdi.
«Mening birinchi Ustozim tug‘ilishim bilanoq meni qo‘llariga olganlar. Buvijonim, rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi, ilk nevaralari, jajji o‘quvchilari, ya’ni men tug‘ilganimda atigi 38 yoshda edilar. Ularning yosh, go‘zal, shijoatga to‘la qiyofalari, cheksiz mehr ila menga bergan ilk saboqlari doim ko‘z oldimda.
Ular menga eng oddiy va eng muhim narsani — Inson bo‘lishni o‘rgatadilar. Qalbimni shukronalikka to‘ldirib, baxtiyor bo‘lishni o‘rgatadilar.
Bebaho saboqlaringiz uchun minnatdorman, aziz Buvijonim. O‘zingiz kabi mehribon bo‘lishni, ilmga intilishni, oq va qorani ajratishni o‘rgatganingiz uchun rahmat. Sizni yaxshi ko‘raman!
Barcha Ustoz va Murabbiylarga bayram muborak bo‘lsin. Yurtimiz ravnaqi uchun bajarayotgan eng mashaqqatli va muhim mehnatingizdan minnatdorman.
Yangi avlodning porloq kelajagi yo‘lida qo‘llaringiz ham, qalblaringiz ham aslo tolmasin», deb yozadi Mirziyoyeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter