Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva nufuzli xalqaro forumga taklif etildi

Saida Mirziyoyeva nufuzli xalqaro forumga taklif etildi

Shu yilning 16-17-fevral kunlari O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva Dubay amirligi shayxi Manal bint Muhammad ben Rashid Al Maktum zoti oliyalari taklifiga binoan Dubayda o‘tkaziladigan Butunjahon ayollar forumida ishtirok etadi.

Global Women’s Forum Dubai (GWFD) 2020ga taklif etilgan mehmonlar orasida Ivanka Tramp, Tereza Mey kabi dunyoning nufuzli ayollari ham bor.

Forumda Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’ruza qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring