Saida Mirziyoyeva AQSh davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashdi
Kecha, 25 mart kuni Saida Mirziyoyeva Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu bilan uchrashdi.
Saida Mirziyoyevaning yozishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida ta’lim sohasida to‘plangan ko‘p yillik o‘zaro sa’y-harakatlar, shu sohada O‘zbekistonda hozirgi vaqtda kechayotgan islohotlar va kelgusi hamkorlik masalalarini muhokama qilingan.
«Men, Prezident Administratsiyasining Ta’lim strategiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi xodimi sifatida o‘zim uchun bolalar va yoshlarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish ustuvor ahamiyatga ega ekanligini qayd etdim», – deydi Mirziyoyeva.
Shuningdek, muloqot davomida madaniy merosni asrash, OAV va so‘z erkinligini rivojlantirish kabi muhim masalalarga ahamiyat qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha Saida Mirziyoyeva Oq uyda Jo Baydenning yordamchisi va AQSh prezidenti administratsiyasining gender siyosati bo‘yicha Kengashi direktori Jennifer Klyayn bilan ham uchrashgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter