Saida Mirziyoyeva: «Aksariyat tomoshabinlarning ko‘zi yoshlandi»
Alisher Navoiy nomidagi Katta teatrda «Lazgi — Muhabbat va qalb raqsi» baletining uzoq kutilgan premerasi bo‘lib o‘tdi.
Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu juda jozibador va mo‘’jizaviy tomosha edi. Mashhur Xorazm raqsining barcha turlaridan eng qadimgisi — inson jismiga sig‘may ozodlikka talpinayotgan Ruh voqeasi sahnada namoyish etildi. Harakat va tuyg‘ular ifodasida qadimiy afsona jonlandi. Aksariyat tomoshabinlarning ko‘zi yoshlandi.
Bu xalqaro jamoa tomonidan amalga oshirilgan juda murakkab va qiziqarli loyiha bo‘ldi. Uning maqsadi ezgu — balet san’ati vositasida jahon hamjamiyatiga qadimiy raqsimiz, xalqimizning sof qadriyatlari haqida aytib berish.
Balet DAKTning doimiy repertuariga kiritiladi va umid qilamanki, u O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar tomoshabinlarining sevimli spektakliga aylanadi. Ushbu betakror go‘zal spektaklni sahnalashtirishga hissa qo‘shgan barchaga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman», deydi Saida Mirziyoyeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter