Said-Abdulaziz Yusupov ishi bo‘yicha sud boshlandi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud boshlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sudlanuvchi Said-Abdulaziz Yusupov Jinoyat kodeksining 167-modda (o‘zganing ishonib topshirgan mulkini o‘zlashtirish), 168-modda (firibgarlik), 28,211-modda (pora berishga qasd qilish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Sud jarayoni davom etmoqda.
Said-Abdulaziz Yusupov 1982-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan, millati – o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlangan, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, DXX Tergov boshqarmasi tomonidan 12.05.2019-yilda S.Yusupov jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter