Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saharlikka qanday tayyorgarlik ko‘riladi

Saharlikka qanday tayyorgarlik ko‘riladi

Saharlik uchun uyg‘onganimiz hamono dastlab iliq suvga imkon bo‘lsa bir qoshiq asal aralashtirib ichib olib, keyin saharlikka tayorgarlik ko‘rilsa, 10–15 daqiqadan so‘ng yeyilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Saharlikda asosiy ichimlik suv bo‘lishi lozim, choy ichgan taqdirdayam imkon qadar uni achchiq qilib damlamasdan ichish lozim.

Ro‘zadorning kun davomida chanqashiga va ichgan suvi tez sarf bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan qator mahsulotlar. Shu sabab saharlik paytida ushbu mahsulotlarni yeyish tavsiya etilmaydi. Bular:

— yog‘li mahsulotlar va yog‘li ovqatlar;

— me’yoridan ortiq achchiq choy;

— dudlangan go‘sht mahsulotlari (kolbasa, sosiska va hokazo);

— sho‘r mahsulotlar;

— tuzlama mahsulotlari;

— kofe va kofeinga boy mahsulotlar;

— shakarni haddan ziyod ko‘p iste’mol qilish;

— barcha notabiiy kimyoviy moddalar aralashtirib tayyorlangan oziq-ovqatlar;

— lavr (dafna) yaprog‘i, na’matak mevasi kabi damlamalar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring