Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sag‘bon» podstansiyasida yana avariya sodir bo‘ldi

«Sag‘bon» podstansiyasida yana avariya sodir bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Olmazordagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi.

Ma’lum qilinishicha, Olmazor tumanining Qoraqamish 1/2, 1/3, 2/1, 2/4-mavzelari, «Paxta», «Tepa Guzar», «Sag‘bon», «Gulzor» MFYlari, Noras Tepa, Nozimaxonim 3-tor, Sag‘bon 1-tor, Sag‘bon 2-tor, Sag‘bon 12-tor, Sag‘bon 13-tor, Keles yo‘li, O‘razboyeva, Oltinsoy, Moyariq, Moyqo‘rg‘on, G.Gafurov, Oxunboboyev hamda Dadabayeva ko‘chalari hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 kVA bo‘lgan «Sag‘bon» podstansiyasidagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida favqulodda avariya holatida elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda Olmazor tuman elektr ta’minoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.

«Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi.

Yuzaga kelgan favqulodda avariyali uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz», deyiladi  xabarda.

Eslatib o‘tamiz, «Sag‘bon» podstansiyasida avval ham bir necha bor nosozlik yuzaga kelgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring