Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sabzi qimmatlashgan yilda O‘zbekiston eksportni ko‘paytirdi

Sabzi qimmatlashgan yilda O‘zbekiston eksportni ko‘paytirdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 11 oyida O‘zbekiston 11 ta davlatga qiymati 9 mln. AQSh dollariga 56,8 ming tonna sabzi eksport qilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yil yozda sabzi narxi 12 ming so‘mgacha qimmatlashgandi. 

Sabzi eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,9 ming tonnaga ko‘p.

 O‘zbekiston sabzi va sabzi mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 33,9 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 19,2 ming tonna
- Rossiya – 3,2 ming tonna
- Tojikiston – 322,5 tonna
- Belarus – 10,3 tonna

2021 yilning 11 oyida xorijga eng ko‘p sabzi eksport qilgan hududlar:

- Andijon viloyati – 2,9 mln.
- Toshkent viloyati – 1,2 mln.
- Qoraqalpog‘iston R. – 1,2 mln.
- Farg‘ona viloyati – 917 ming AQSh dollari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring