Ruminiya va Bolgariya ham «Shengen» hududiga qo‘shilyapti
Bolgariya va Ruminiya Shengenga qo‘shilish jarayonini boshlaydi. Vizasiz rejim 2024-yilning martidan, faqat dengiz va havo chegaralarini kesib o‘tuvchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Quruqlikdagi chegaralardagi nazoratni bekor qilish muddatlarini muhokama qilish 2024 yilda ham davom etadi.
Ruminiya Bosh vaziri Marsel Ciolacu uzoq kutishdan so‘ng siyosiy kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.
«13 yillik kutishdan so‘ng, nihoyat, siyosiy kelishuvga erishdik. Tez orada u amaliyotga tatbiq etiladi. 2024-yil martidan havo va dengiz chegaralarining ochilishi uzoq muzokaralardan so‘ng qo‘lga kiritilgan huquqdir», – deydi u.
Bolgariya Bosh vaziri Nikolay Denkovga ko‘ra esa muzokaralar Yevropa Komissiyasining qo‘llab-quvvatlovi hamda Yevropaga noqonuniy muhojirlar oqimini kamaytirish maqsadida Yevroittifoqning Turkiya va Serbiya bilan tashqi chegaralarini himoya qilish harakatlari evaziga amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, «Shengen» hududi Shveysariya, Norvegiya, Islandiya va Lixtenshteyn bilan birga Yevropa Ittifoqining 27 ta a’zo davlatidan 23 tasini o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, Avstriya 2022-yil oxirida Bolgariya va Ruminiya uchun vizasiz zonaga kirishga veto qo‘ygan edi. Yuqoridagi tashabbusga qarshi chiqqan Avstriya ham o‘z pozitsiyasini yumshatishi ham ma’lum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter