Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ruminiya prezidenti iste’foga chiqishini e’lon qildi

Ruminiya prezidenti iste’foga chiqishini e’lon qildi

Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis 12-fevral kuni iste’foga chiqishini ma’lum qildi. U bu qarorni parlamentdagi muxolifatning unga impichment e’lon qilishga urinishlari fonida qabul qilgan.

Yoxannisning vakolat muddati dastlab 2024-yil 21- dekabrda tugashi kerak edi. O‘shanda uning vorisi saylanishi kerak edi, biroq noyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi natijalari Rossiyaning saylovoldi kampaniyasiga aralashuvi gumoni tufayli Konstitutsiyaviy sud tomonidan bekor qilingan edi.

Birinchi turda «rossiyaparast nomzod» deb atalgan Kalin Georgesku yetakchilik qildi. Ikkinchi o‘rinni Ruminiyani qutqarish ittifoqidan Yelena Laskoni egalladi.

May oyiga yangi saylov sanasini belgilagandan so‘ng, Oliy sud Yoxannisning vakolat muddatini yangi prezident saylangunga qadar uzaytirish haqida qaror chiqardi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring