Talabani pichoqlab o‘ldirgan ruhiy xasta ayol jazodan qutulib qoladimi?
4-fevral kuni soat 03:00 larda Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi, ruhiy kasal O.B. (ayol kishi) o‘zaro janjal oqibatida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabasi M.M.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgan, jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgani, qotil esa qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
Toshkent shahar prokuraturasi mas’ul xodimi Bobur Dehqonovning mazkur jinoyat ishiga oid yangi tafsilotlarni ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaroning ikki ishtirokchisi atigi bir necha soat avval tanishishgan.
«Hodisa shunday boshlanganki, O.B. qotillik sodir etilishidan bir kun avval taksida bir yosh yigit bilan tanishgan bo‘lib, u M.M.ning tanishi bo‘lgan. Ertasi kuni ular endilikda uch kishi kafeda uchrashishgan. Shundan so‘ng qiz ularni o‘z xonadoniga, kechki ovqatga taklif etgan. O‘sha vaqtda kvartirada to‘rt kishi bo‘lishgan — ikki yigit, qiz va uning onasi», — qayd etdi Dehqonov.
Shundan so‘ng, qizning onasi uxlashga ketgan, kompaniya esa spirtli ichimliklarni ichib, suhbatni davom ettirgan.
Toshkent shahar prokuraturasi vakilining bildirishicha, O.B. ilgari maxsus muassasada bir necha bor davolangan. Uni davolagan shifokorning bizga ma’lumotiga ko‘ra, spirtli ichimliklar iste’mol qilganidan so‘ng ayolning tez jahli chiqar va tajovuzkorligi ortarkan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter