Rublning «qulashi»: ekspert o‘z prognozini ilgari surdi
Agar fond bozorida vahima yoki kuchli talab kuzatilmasa, Rossiyada dollar kursi 91-92 rublgacha yetishi va to‘xtashi mumkin.
Bu haqda iqtisodchi Maksim Belyayev o‘z sharhida aytib o‘tgan. Ukraina urushi boshidan beri Moskva birjasida Amerika valyutasi ikkinchi bor 90,19 rublgacha ko‘tarilgan.
Aks holda, stavka o‘sishining chegarasi yo‘q, deydi iqtisodchi.
«Agar ajiotaj bo‘lmasa, biz 91-92 rubllik chegarani ko‘ramiz. Bo‘lmasa, vaziyat o‘nglanishini kutish qiyin.
Shunda biz savdoni to‘xtatishimiz, birjaga tanaffus berishimiz va vaziyatni batafsil ko‘rib chiqishimiz kerak bo‘ladi», — deydi Belyayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta oxiridagi savdolardagi tanaffus vaziyatni barqarorlashtirishga yordam bermagan.
Dollar kabi yevro ham keskin qimmatlashdi. Yevropa valyutasi 98,06 rublgacha ko‘tarildi. Bir yil avval har ikki valyutaning narxi bir yarim baravar arzon edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter