Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rubl nega «quladi»? Rossiya banki rahbari izoh berdi

Rubl nega «quladi»? Rossiya banki rahbari izoh berdi

Rossiya markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina iyun-iyul oylarida rublning «qulashi»ning asosiy omili sifatida Rossiya iqtisodiyotida eksportning qisqarishi va import hajmining o‘sishi bilan bog‘ladi. 

«Bizning fikrimizcha, iyun-iyul oylarida valyuta kursi o‘zgarishining asosiy omili so‘nggi bir necha oy ichida sodir bo‘lgan eksportning pasayishi oqibatlari, import esa bir vaqtning o‘zida o‘sdi», deydi Nabiullina.

Qoida tariqasida valyuta kursining pasayishi importga bo‘lgan talabning qisqarishiga olib keladi, biroq hozircha bu tendensiya qayd etilmagan.

Rossiya banki rahbarining so‘zlariga ko‘ra, importning qisqarishi bir necha sabablarga ko‘ra sodir bo‘lmagan: amaldor hozirda mamlakatga kirib kelayotgan import bir muddat avval yetkazib berish shartnomasi tuzilgan kundagi kurs bo‘yicha sotib olinayotganiga e’tibor qaratdi.

Bundan tashqari, ichki ehtiyojning oshishi importga bo‘lgan talabni kuchaytiradi.

Nabiullinaning ta’kidlashicha, valyuta kursining zaiflashishi ichki talab keskin oshganini tasdiqlaydi.

Rossiyada rublning keskin qadrsizlanishi 24 iyun, Prigojin isyonidan keyin boshlandi. Hozirda 1 yevro 100 rubl, 1 dollar esa 90-92 rubl atrofida sotilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring