«Rostov» klubi Eldor Shomurodov sharafiga «eldorka» qalpoqlarini sotuvga chiqaradi (foto)

Rossiyaning «Rostov» jamoasi klub timsoli tushirilgan suzish qalpoqlarini sotuvga chiqarilishini e’lon qildi. Bu qalpoqlar «eldorka» deb nomlanadigan bo‘ldi.
«Bu qalpoqlarda tutqich bermas bo‘lasiz, boshingiz esa eng ma’suliyatli pallalarda sizni qutqaradi», — deb yozadi «Rostov» tvitteri.
«Rostov» Rossiya chempionatining 27-turida «Krasnodar» bilan o‘yinning 89-daqiqasida Eldor Shomurodovning bosh bilan urgan goli evaziga hisobni tenglashtirib, durangga erishdi.
Bu vaziyatda Eldorning boshida suzish qalpog‘i bor edi, u 79-daqiqada raqib himoyachisi Aleksandr Martinovich bilan to‘qnashib ketgan va klub shifokorlari unga suzish qalpog‘ini kiydirib qo‘yishgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter