«Rostov» Eldor Shomurodovning yordamida «Zenit»ni mag‘lub etdi

Rossiya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan «Rostov» – «Zenit» uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. «Rostov Arena»da kechgan o‘yinda mezbonlar minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvning 67-daqiqasida «Zenit» himoyachisi Eldor Shomurodovni jarima maydonida yiqitdi va uchrashuv hakami penalti belgiladi. Uni Ivelin Popov aniq bajarib, uchrashuv taqdirini hal qilgan golga muallif bo‘ldi.
«Rostov» 41 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. «Zenit» esa chempionlikni naqd qilib qo‘ygan.
RPL, 29-tur
«Rostov» – «Zenit» – 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 67, penalti Popov.
«Rostov» – Pesyakov, Logashov, Sigurdsson, Pliyev (Glebov, 38), Chernov, Zaynutdinov (Gatskan, 71), Kalachev (Shadin, 45), Normann, Popov, Xadjikadunich, Shomurodov.
«Zenit» – Kerjakov, Mammana, Netu, Nabiullin, Smolnikov, Ernani, Musayev (Yeroxin, 71), Rigoni, Kranevitter (Ozdoyev, 74), Anyukov, Zabolotniy (Mak, 65).
Ogohlantirishlar: Glebov (56), Mammana (66), Rigoni (70), Nabiullin (90).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter