Rossiya–Turkiya–Eron sammitining o‘tkazilish joyi ma’lum qilindi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya, Turkiya va Eron prezidentlarining sammitiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, uch tomonlama sammit Tehronda o‘tkazilishi mumkin.
«Barcha diplomatik aloqalarni ishga solgan holda, sammitga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilayapti. Natijalar haqida ma’lum qilamiz», – degan Peskov.
Avvalroq Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning uchrashuvi sentyabrda Rossiya, Turkiya va Eron sammitida bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter