Rossiyaning Sietldagi bosh konsulligi yopildi
Bugun, 2-aprel kuni konsul-maslahatchi Xalit Aysinning ma’lum qilishicha, Rossiyaning Sietl shahridagi bosh konsulligi yopilgan. Bu haqda «Aif.ru» sayti xabar bermoqda.
Tashkilotda faoliyat yuritgan diplomatning aytishicha, binodan barcha narsalar olib chiqib ketilgan. AQSh davlat departamenti 1-aprelning oxiriga qadar konsullik yopilishi haqida ma’lum qilgan.
Ma’lumki, joriy yilning 26-mart kuni AQSh Skripal ishi tufayli rossiyalik 60 nafar diplomatning mamlakatdan chiqarib yuborilishini bildirgan. Sieltldagi bosh konsullik yopilishi ham shunda aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter