Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning Saratov viloyatidagi YTHda 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyaning Saratov viloyatidagi YTHda 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Foto: IA "Vzglyad-info"

Rossiyaning Saratov viloyatida yuk poyezdi va avtobusning to‘qnashuvi natijasida 5 kishi halok bo‘ldi, ikki kishi esa jabrlandi. Halok bo‘lganlar bari O‘zbekiston fuqarolaridir. Avtobus haydovchisi va yordamchisi jarohat olgan bo‘lib, ular Qozog‘iston fuqarolari sanaladi. Bu haqda RIA «Novosti» agentligi xabar berdi.

Avtobus Saratov — Ulyanovsk yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan.

Voqea poyez yo‘lidan o‘tishda avtobus haydovchisining qoidani qo‘pol ravishda buzishi natijasida ro‘y bergan deya ma’lum qilindi. Mashinist tormozni bosgan ammo o‘rtadagi masofa poyezd to‘xtashi uchun yetarli bo‘lmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring