Rossiyaning Samara viloyatida 46 nafar o‘zbekistonlik zaharlandi
Joriy yilning 16-17-iyul kunlari Rossiyaning Samara viloyatida 46 nafar o‘zbekistonlik migrant zaharlanish oqibatida shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda huquq-tartibot organlariga asosan, «Komsomolskaya pravda» nashri xabar berdi.
Tafsilotlarga ko‘ra, 2019-yilda Samara viloyatiga O‘zbekistondan 60 nafar kishi qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun kelgan. Ular Sizransk tumanidagi uylardan birida yashab kelishgan, ovqatni o‘zlari tayyorlaganlar.
Jabrdiydalarning holati o‘rtacha og‘irlikda baholanmoqda. Ayni damda tergovchilar voqea sabablari ustida ish olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter