Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning koronavirusga qarshi birinchi dorisiga ekspertlar baho berishdi

Rossiyaning koronavirusga qarshi birinchi dorisiga ekspertlar baho berishdi

Foto: «Chemrar.ru»

Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan ilk dori — «Avifavir»ning samaradorligi 80 foizdan kam emas. Dorining sinovlari va samaradorligi haqida Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi mutaxassislari «Izvestiya» nashriga ma’lum qilgan.

Dorini ishlab chiqargan mutaxassislarga ko‘ra, «Avifavir»ning klinik sinovlari joriy yil avgust oyi oxirigacha davom etadi. Ayni paytda mamlakat hududida dorining 18 ming qadog‘i tayyorlangan, yanagi oyda Rossiya tibbiyot muassasalariga 60 ming qadoq dori yetkazish rejalashtirilgan. Fond mutaxassislari mavjud texnologik imkoniyatlar bilan «Avifavir» dorisini oyiga 60 ming qadoq, yiliga 720 ming qadoq ishlab chiqarish mumkin deyishmoqda.

Rossiyalik olimlar ushbu dori koronavirus infeksiyasini davolashda qo‘llanganda kasallik davriyligini qisqartirishini isbotlashdi. Sinovda qatnashganlarning kasallik davri standart to‘qqiz kundan to‘rt kungacha qisqargan.

Tadqiqotlardan aniqlanishicha, dori qo‘llanilishining birinchi bosqichida bemorlarning 65 foizida koronavirusga test manfiy chiqqan. «Avifavir» ishlatila boshlangandan keyin o‘n kun o‘tib esa sinovda qatnashganlarning 90 foizida test manfiyga aylangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring