«Rossiyaning ketayotgani»ni aytgan Pashinyan Turkiya bilan aloqani yaxshilamoqchi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan rasmiy Yerevan Turkiya bilan munosabatlarni normallashtirishga ahamiyat berishini va bu jarayonni Ozarbayjon bilan mojaroni hal qilish bilan bog‘lamasligini ma’lum qildi.
«Biz Armaniston-Turkiya munosabatlarini Armaniston-Ozarbayjon munosabatlari bilan bog‘lamaymiz, garchi Ozarbayjon va Turkiya ularni bog‘lanishni va bu haqda doimo gaplashishni istasa-da», — dedi Pashinyan.
Uning ta’kidlashicha, Yerevan «Turkiya bilan munosabatlarni tartibga solishni muhim deb biladi».
Pashinyan Anqaraga tashrifi va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muloqotlar natijasida munosabatlarni tartibga solish Turkiya tomoni uchun ham muhim degan taassurot olganini qo‘shimcha qildi.
Uning fikricha, bu jarayonda qiyinchiliklar bo‘lsa-da, buning uchun imkoniyatlar mavjud.
Avvalroq Pashinyan «Rossiya Janubiy Kavkazdan uzoqlashayotganini» aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter