Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaliklar non narxining oshishidan ogohlantirildi

Rossiyaliklar non narxining oshishidan ogohlantirildi

Rossiyada non va makaron mahsulotlari narxi yoqilg‘i narxining oshishi, hududlarda uning yetishmayotgani va xorijdan keltirilgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini almashtirish bilan bog‘liq qiyinchiliklar fonida ko‘tarilmoqda.

Oliy Iqtisodiyot maktabi bozorni o‘rganish markazi direktori Georgiy Ostapkovich ayni paytda hosil yig‘ishtirib, ekish mavsumi boshlangani, bu esa yoqilg‘i resurslarini talab qilishini aytadi.

U, shuningdek, mintaqalarda yoqilg‘i bilan bog‘liq muammo haqida mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Dmitriy Patrushev ham to‘xtalganini eslab, yoqilg‘isiz hosilni yig‘ishtirib bo‘lmasligini, ekish mavsumi ham taomildagidek o‘tmasligini ta’kidlagan.

Uning tushuntirishicha, bunday vaziyatda hosil taqchilligi kutiladi va shunga mos ravishda makaron, non va boshqa non mahsulotlari narxi ham oshadi. Ostapkovichning qo‘shimcha qilishicha, narxlarning o‘sishi hozirda 5-10 foizni tashkil qiladi.

«Yoqilg‘i va boshqasiga almashtirish unchalik oson bo‘lmagan import uskunalar narxining oshishi o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti», –deya xulosa qiladi iqtisodchi.

Avvalroq Rossiya Milliy novvoylar uyushmasi ijrochi direktori Rustam Aydiyev mamlakatda non sotish narxlari yil oxirigacha taxminan 10 foizga oshishi mumkinligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xomashyo narxlari, logistika va ishchilarning ish haqini to‘lash xarajatlari oshgani sababli ishlab chiqaruvchilar endi odatdagi narxlarni saqlab qolish imkoniga ega emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring