Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi

Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi

AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliya G‘arb kompaniyalari va foydalanuvchilari kompyuterlariga zarar yetkazgan rossiyalik Lockbit xakerlar guruhi yetakchisi haqida ma’lumotlarni e’lon qildi.  

Uch mamlakat rasmiylariga ko‘ra, bu odamning ismi Dmitriy Xoroshev; unga qarshi sanksiyalar qo‘llanilgan, qo‘lga olinishiga yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollargacha to‘lov va’da qilingan, deb xabar bermoqda Reuters.

AQSh Moliya vazirligi Xoroshevni Chikagodagi kasalxona kompyuterlariga zararli dasturlarni kiritishda aybdor ekanligini aytdi. AQSh rasmiylari Xoroshevni Lockbit nomli xakerlik dasturining «yaratuvchisi, ishlab chiquvchisi va administratori» deb hisoblaydi.

Britaniya hukumatining ta’kidlashicha, Lockbit o‘tgan yili butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilardan 1 milliard dollardan ko‘proq pul undirgan va barcha ma’lum bo‘lgan to‘lov dasturi hujumlarining chorak qismini tashkil qilgan.

AQSh prokuraturasining ayblov xulosasiga ko‘ra, Rossiyaning Voronej shahrida yashovchi 31 yoshli Xoroshev Lockbit faoliyatidan kamida 100 million dollar mablag‘ni bitkoin ko‘rinishida olgan.

AQSh Adliya vazirligining xabar berishicha, Xoroshevning Bitcupp, Lockbit va putincrab kabi bir nechta taxalluslari bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring