Rossiyalik taniqli amaldor Aman Tuleyev vafot etdi

Kemerovo viloyatining sobiq gubernatori (1997 yildan 2018 yilgacha) Aman Tuleyev 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyatning amaldagi rahbari Sergey Sivilev xabar berdi.
Tuleyev Kemerovo viloyatini 20 yildan ortiq boshqargan va Rossiya gubernatorlari orasida «eng uzoq vaqt taxtda o‘tirgan»lardan biri hisoblanadi.
Tuleyev o‘z vaqtida prezidentlikka nomzod (1991 yilda) bo‘lgan, keyinroq MDH ishlari vaziri ilk marta 1997 yilda viloyat rahbari saylovida qatnashgan va 94 foiz ovoz olgan. Keyinchalik, u doimiy ravishda saylovlarda 90 foizdan ko‘proq ovoz olgan.
2018 yilning 25 mart kuni «Zimnyaya vishnya» savdo markazida 64 kishi halok bo‘lgan yong‘in gubernator faoliyatiga qattiq zarba bo‘ldi. Yong‘indan keyin Tuleyev fojia sodir bo‘lgan joyga kelishdan bosh tortgan. Keyinroq Kemerovoda davlat rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda gubernator Vladimir Putindan sodir bo‘lgan voqea uchun uzr so‘raydi. 1 aprel kuni u iste’foga chiqish haqida ariza bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter