Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik ovchiga Qizil kitobga kiritilgan hayvonni ovlashga ruxsatnoma berilgan — vazirlik

Rossiyalik ovchiga Qizil kitobga kiritilgan hayvonni ovlashga ruxsatnoma berilgan — vazirlik

Rossiyalik ovchi Sergey Mazurkevich Surxondaryo viloyatida «Qizil kitob»ga kiritilgan, yo‘qolib ketish xavfida turgan morxo‘r va arxar (tog‘ echkisi turiga mansub yovvoyi hayvon)ni ovlagani ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlash uchun 2022 yilgi tasdiqlangan kvotaga muvofiq Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Mazurkevich S.L.ga Surxondaryo viloyatidagi ovchilik xo‘jaligi hududida morxo‘r echkisini ovlash uchun 2022 yil 23 noyabrda 000085-sonli ruxsatnoma berilgan.

Ovchilik hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari inspeksiyasi nazorati ostida ov qilish uchun berilgan ruxsatnoma ro‘yxatga olingan. Ov tugagach, viloyat ekologiya inspeksiyasi vakili tomonidan ovlangan hayvonga dalolatnoma tuzilgan.

Ma’lumot o‘rnida, morxo‘r butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan kenja tur hisoblanadi. Shuning uchun ham u «Qizil kitob»ga kiritilgan. O‘zbekistonda taxminan 400–450 bosh morxo‘r mavjud, deb taxmin qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring