Rossiyalik Nobel mukofoti sovrindori medalini auksionda sotdi
2021-yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotini olgan «Novaya gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratovning medali auksionda 103,5 million dollarga sotildi.
Bu haqda AQShning Heritage Auctions savdo uyi xabar berdi.
Kim oshdi savdosi boshlanishidan oldin jurnalistdan u haqiqatan ham medalni sotishga tayyormi yoki yo‘qligini so‘rashgan. Muratov bunga ijobiy javob bergan.
Avvalroq Muratov mukofotni sotish haqidagi qarorni «Novaya gazeta»ning butun jamoasi qo‘llab-quvvatlaganini aytgandi.
Medal uchun birinchi taklif 700 000 dollar edi, biroq bir necha daqiqadan so‘ng bu summa 16,6 million dollarga ko‘tarildi. Keyin anonim xaridor medal uchun 103,5 million dollar taklif qildi va birorta ham ishtirokchi bu taklifdan ustun narxni ayta olmagan.
Muratov ushbu pullarni hayriya maqsadlariga sarflanishini ma’lum qilgan, jumladan ukrainalik qochoq bolalarga ham yordam berilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter