Rossiyalik model kelinni urgan kuyovni qoralab chiqdi
Rossiyalik model Anastasiya Reshetova to‘yda kelinni urgan surxondaryolik kuyov masalasi haqida gapirib, O‘zbekistonda oilaviy munosabatlarga jiddiyroq e’tibor berish kerakligini aytgan.
«Hukumat oilalarda yuz berayotgan dahshatlarga e’tibor qaratishi kerak, O‘zbekistonda tekshiruv o‘tkazishsin. Yuqoridagilar mentalitet, madaniyat va dinni o‘ylab, biror nima qila olishiga ko‘pchilik ishonmaydi», degan model.
Uning tushuntirishicha, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va din boshqa-boshqa masala. Reshetova insoniyatning ojiz jismlariga qarshi jinoyat qilish ortida tarbiya va ruhiy muammosi borlar turganini, hech qanday madaniy yoki geografiy chegaralarning aloqasi yo‘qligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 iyun kuni Surxondaryoda bo‘lib o‘tgan to‘yda kuyov kelinga o‘yinda yutqazib qo‘ygani uchun qizning boshiga urgandi. Mazkur hodisa nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham keng muhokama qilingan. Jumladan, rus madaniyat vakillari tomonidan keskin tanqidga uchragan.
Shuningdek, video Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiyada, qolaversa, Janubiy Koreya, Amerika, Sharq davlatlari YouTube kanallari va rasmiy nashrlarida mashhur bo‘lgandi.
Keyinroq kuyovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborilgan edi.
Lekin kelinning da’vo arizasi bo‘lmagani uchun sud tomonidan ma’muriy jarimaga tortilmagan.
Xalqaro darajadagi sport ustasi Asal Saparboyeva O‘zbekiston va butun dunyoga to‘yda kaltakdan himoyalanish usullarini ko‘rsatgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter