Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qurol ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan stanoklar va ular uchun ehtiyot qismlar eksportini taqiqlashni taklif qildi, deb xabar berdi Bloomberg.
Yevropa sanksiyalarining 12-paketi doirasidagi takliflar, shuningdek, Rossiya olmoslarini yetkazib berishni taqiqlash va neft bo‘yicha choralarni o‘z ichiga oladi. A’zo davlatlar shu hafta buni muhokama qiladi.
Shuningdek, Rossiyaga litiy batareyalar, termostatlar va dvigatellar, shu jumladan dronlar uchun kimyoviy moddalar yetkazib berilishi ham taqiqlanishi mumkin.
Agar paket qabul qilinsa, olmos importini taqiqlash 1 yanvardan boshlanishi kutilmoqda, deb yozadi agentlik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter