Rossiyadan O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi
O‘zbekiston, Qozog‘iston va RF yetakchilari Rossiyadan Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berilishiga start berdi.
Teleko‘prik tarzida o‘tgan marosimda Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi uch tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqadigan ushbu voqeaning tarixiy ahamiyatini qayd etdi.
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston va Rossiya yetakchilariga ushbu loyihaning ro‘yobga chiqarilishini shaxsan qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildirdi. Gaz yetkazib berishni juda qisqa muddatda tashkil etish, magistral gaz quvuri qismlarini rekonstruksiya qilish, kompressor stansiyalarini modernizatsiya qilish va yangi «Beynov» gaz-o‘lchov stansiyasini qurish ishlarida ishtirok etgan mutaxassislarga alohida rahmat aytdi.
Rossiya gazini «revers» tarzda import qilish boshlanayotgani O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Ushbu loyiha mamlakat energetik xavfsizligini ta’minlash, «moviy yoqilg‘i»ni kafolatli yetkazib berish manbalarini diversifikatsiya qilish yo‘lida oldinga tashlangan katta qadam, iste’moldagi mavsumiy nomutanosiblikni qoplash, aholini gaz va elektr energiyasi bilan ishonchli va uzluksiz ta’minlash uchun energiya resurslarining qo‘shimcha hajmlari demak.
Ushbu yirik loyihaning ro‘yobga chiqarilish va uning natijalari uch mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter