Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus poyezd rejalashtirilmoqda

Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarga pandemiya davrida qulaylik yaratish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishida 5 ta maxsus reys rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Poyezdlar 15, 19, 22, 26 va 29-noyabr kunlari soat 20:57 da «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.
Ushbu reyslarga faqat bir tomonga, ya’ni Voljskiy-Toshkent yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter