Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirilmoqda

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirilmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatda kuzatilishi mumkin bo‘lgan mitinglarda ishtirok etmaslik haqida ogohlantirmoqda.

Agentlikka ko‘ra, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya hududlarida davlat rasman ruxsat bermagan ommaviy namoyishlar o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda.

«Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan bunday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni, Rossiya Federatsiyasi qonunlariga rioya etishni va odamlar ko‘p to‘planayotgan joylarga bormaslikni so‘raydi», – deyiladi Agentlik murojaatida. 

Ma’lumot uchun, bu kabi rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish chet el fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin RF prezidenti Vladimir Putin rus xalqiga murojaat bilan chiqib, unda Rossiyada qisman harbiy safarbarlik e’lon qilinganini bildirgan edi.

Ayrim OAVlar ehtimoliy mitinglarni yuqoridagi qarordan norozi guruhlar uyushtirishini taxmin qilishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring