Rossiyadagi migrantlar uchun muhim xabar e’lon qilindi

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi xorijiy davlatlar fuqarolariga koronavirus pandemiyasi tufayli berilgan yengillik muddati tugayotgani munosabati bilan 2021 yil 30 sentyabrgacha barcha hujjatlarni rasmiylashtirishni tavsiya qildi.
Rossiya Prezidentining joriy yil 15-iyundagi farmoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar joriy yil 30 sentyabrga qadar Ichki ishlar vazirligining hududiy organlariga murojaat qilib, maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berilgan edi.
Ta’kidlash lozimki, mazkur farmon bilan Rossiyada migratsiya qonunchiligini buzgan mehnat migrantlarini mamlakat hududidan majburan chiqarib yuborish pandemiya davrida vaqtincha bekor qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda Rossiyada MDH davlatlarining 700 mingdan ortiq noqonuniy fuqarolari bor. Joriy yil aprel oyida nolegal fuqarolar soni 1 mlndan ortiq edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter