Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Rossiyada xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Rossiyaning Primore o‘lkasida Inerpol tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan 33 yoshlik O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda «Vostok Media» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Janubiy Koreyada 33 yoshlik o‘zbekistonlik erkak o‘zi bilan birga yashovchi sherigi va uning sakkiz oylik bolasini kaltaklagan. Keyin u javobgarlikdan qochish maqsadida Janubiy Koreyadan Rossiyaning Primore o‘lkasiga qochib o‘tgan.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mahkum Ussuriyskda qo‘lga olingan.

Hozirda erkak Primore o‘lkasidagi 2-sonli tergov hibsxonasida. Hozirda uni Koreya Respublikasiga ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring