Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada uy-joy ijarasi narxi rekord darajada qimmatlashdi

Rossiyada uy-joy ijarasi narxi rekord darajada qimmatlashdi

Foto: Dzen

Ipoteka narxlarining ko‘tarilishi va relokantlarning mamlakatga qaytishi fonida Rossiyada uy-joy ijarasi narxi keskin oshdi. OAVda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi shaharlarda ijara narxlari bir oy ichida avvalgi qiymatning chorak qismi miqdorigacha oshgan.

2023 yilning sentyabridan oktyabrigacha bir xonali kvartiralarning ijara narxlari 7 foizga (oyiga 20 ming rublgacha), ikki xonali kvartiralar 5,9 foizga (26,1 ming rublgacha) va uch xonali kvartiralar esa 4,5 foizga (33 ming rublgacha) qimmatlagan.

Bu mamlakat miqyosidagi o‘rtacha hisob-kitoblar. Tabiiyki, katta shaharlarda ijara narxlaridagi o‘zgarishlar yanada yuqori.

Jumladan, poytaxt Moskvada bir xonali kvartiraning ijara narxi 12,9 foizga, ikki xonali kvartira ijarasi 12,3 foizga, uch xonali kvartiraning ijarasi 7,7 foizga oshgan. Sankt-Peterburgda narxlar mos ravishda 17,1, 9 va 0,3 foizga ko‘tarildi.

«Finam» Investitsiya kompaniyasi strategiya bo‘yicha direktori Yaroslav Kabakovning taxminicha, yirik shaharlarda ipoteka stavkalari 16-16,5 foizgacha ko‘tarilishi mumkinligi sababli ijara narxlari o‘sishda davom etadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring