Rossiyada turk seriallari namoyishini to‘xtatish talab qilindi

«Veterani Rossii» («Rossiya faxriylari») jamoatchilik harakati Roskomnadzor, Davlat dumasi va madaniyat vazirligiga murojaat qilib, Rossiyada turk seriallari namoyishini to‘xtatishni so‘radi.
Jamoat faollarining fikricha, turk seriallari rossiyalik ayollar tasavvurida haqiqiy hayotdan uzoq erkak siymosini shakllantirib, mamlakatda oila institutiga va demografiya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
«Bunaqa seriallarga mukkasidan ketgan ayollarda o‘zimizning erkaklarga past nazar bilan qarash shakllanmoqda», — dedi harakat yetakchisi Ildar Rezyapov.
Faxriylarning kuzatuvlariga ko‘ra, rus seriallarida erkaklar ko‘pincha piyonista, zo‘ravon yoki omadsizlar qiyofasida tasvirlanadi. Ayollar esa hayot yo‘llarida o‘zlari haqida qayg‘uradigan, tarbiya ko‘rgan chet ellik duch kelishini kutib yashashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas