Komil Allamjonov: «Rossiyada O‘zbekistonning ijobiy imiji shakllantiriladi»

Rossiyada O‘zbekistonning ijobiy imiji shakllantirilishi ustida ish boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Komil Allamjonov o‘zining «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qildi.
Xabar mazmunidan anglashilicha, u Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuvda aloqa vazirining o‘rinbosari Aleksey Volin, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev, Rossiya prezidenti ma’muriyatining jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar boshqarmasi maslahatchisi Dmitriy Fatixov ishtirok etishgan.

«Telekommunikatsiyalar, televideniye va matbuot sohasida hamkorlik yuzasidan fikr almashdik. Qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali Rossiyada O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirishga alohida urg‘u berildi. Qiziqarli takliflar uchun minnatdorman, O‘zbekistonga xush kelibsiz!» — deb yozadi Prezident matbuot kotibi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter