Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada o‘zbekistonlik 15 yoshli qizning jasadi topildi: u tojikistonlik yigit bilan birga o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda

Rossiyada o‘zbekistonlik 15 yoshli qizning jasadi topildi: u tojikistonlik yigit bilan birga o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda

Foto: «Abnews.ru»

Ust-Ijor posyolkasi hududidagi daraxtzordan mahalliy aholi ikki o‘smirning jasadini topishdi. Tergovchilar ular o‘z joniga qasd qilishganini taxmin qilishmoqda.

«Megapolis»ning ma’lum qilishicha, jasadlar 10-iyul kuni soat 12:00 atrofida Zagorodnaya ko‘chasidagi temir yo‘l kesishmasidan yuz metr narida topilgan.

Politsiya vafot etganlarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Qiz bir oy oldin 15 yoshga to‘lgan bo‘lib, O‘zbekistonda tug‘ilgan. Uning oilasi Sankt-Peterburgda yashaydi, ro‘yxatdan o‘tmagan.

37 yoshli onaning aytishicha, bir kun oldin, 9-iyul kuni tushdan keyin qizi undan 100 rubl so‘ragan va Pontonniydagi Aleksandr Tovpeko ko‘chasidagi 8-raqamli uydan chiqib ketgan. U yerdan jasadlar topilgan joygacha — taxminan ikki kilometr. Ilgari qiz oilani hech qachon tark etmagan.

19 yoshli yigit haqida faqat uning Sankt-Peterburgga Tojikistondan kelgani va Prosvesheniya prospektida yashaganligi ma’lum.

Yosh yigit-qizning o‘limi bilan Tergov qo‘mitasi xodimlari shug‘ullanmoqda. Ular marhumlarning tanasida zo‘ravonlik alomatlarini topishmagan.

Hozirda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring