Rossiyada millioner shaharlar bittaga ko‘paydi
Krasnodar Rossiyadagi bir milliondan ortiq aholiga ega 16-shaharga aylandi. Bu haqdagi hujjat shaharning 225 yilligi nishonlanayotgan marosimda tantanali ravishda topshirildi.
Shahar hokimi Yevgeniy Pervishovning aytishicha, krasnodarliklar ushbu maqom uchun anchadan beri kurashishayotgandi.
Rossiyadagi millioner shaharlar: Moskva, Sankt-Peterburg, Chelyabinsk, Ufa, Yekaterinburg, Omsk, Krasnoyarsk, Perm, Novosibirsk, Samara, Qozon, Nijniy Novgorod, Volgograd, Rostov-Don, Voronej va Krasnodar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter