Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada migrantlarni o‘z hisobidan deportatsiya qilish taklif etildi

Rossiyada migrantlarni o‘z hisobidan deportatsiya qilish taklif etildi

Foto: «ria.ru»

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi migrantlarni deportatsiya qilish yoki mamlakat hududidan ma’muriy chiqarib yuborish harajatlari ularning o‘zlari tomonidan qoplanishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Ushbu o‘zgartirish «Xorijiy fuqarolarning Rossiya Federatsiyasidagi huquqiy holati» qonuniga kiritilishi mumkin.

Loyiha mualliflarining qayd etishicha, deportatsiya qilingan xorijiy fuqaro federal budjet tomonidan uning deportatsiyasi munosabati bilan qilingan harajatni qoplashi shart bo‘ladi. Ayni damda ushbu majburiyat Rossiya qonunchiligida ko‘zda tutilmagan. Qonun qabul qilingan taqdirda ushbu o‘zgartirish iyul oyidan kuchga kirishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring