Rossiyada koronavirus epidemiyasi tugaydigan muddat yana kechiktirildi — singapurlik olimlar
Rossiyada koronavirusni yuqtirganlar soni o‘sayotgani to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olgan Singapur texnologiya va dizayn universiteti (SUTD) olimlari bu mamlakatda epidemiya qachon tugashi borasidagi o‘z prognozlarini o‘zgartirishdi.
Universitet rasmiy saytida berilgan yangi prognozga ko‘ra, Rossiyada epidemiya 2020-yilning 24-avgustida nihoyasiga yetadi.
Ekspertlar, shuning barobarida, bu prognoz ham o‘zgarishi mumkinligini aytishmoqda: hammasi mavjud vaziyat va ko‘rilayotgan choralarga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, Singapur universiteti Rossiya bo‘yicha ilk prognozida koronavirus epidemiyasi 8-avgustda tugashini bildirgandi, yangi hisob-kitoblardan keyin esa bu voqea 12-avgustgacha sodir bo‘lmaydi degan xulosaga kelishgandi. Mana endi esa muddatni yana ikki haftaga kechiktirishdi.
Mazkur universitet O‘zbekiston haqida ham prognoz bergandi, unga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus may oyida batamom tugaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter