Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz ogohlantirildi
So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internet orqali katta pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi e’lonlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.
Murojaatlardan ma’lum bo‘lishicha, norasmiy kurerlik xizmatlarida narkotik yoki ta’qiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.
«Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kurerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan», ogohlantiriladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter