Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada ayollar Ukrainaga qarshi urushga yollanmoqda

Rossiyada ayollar Ukrainaga qarshi urushga yollanmoqda

Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Redut xususiy harbiy shirkati Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashish uchun ayollarni faol ravishda jalb qila boshlagan.

Qayd etilishicha, ayollar merganlar otryadi va dron operatorlari sifatida jangovar operatsiyalarda qatnashish uchun jalb qilinmoqda. Ilgari Qalqon nomi bilan tanilgan kompaniya faoliyati bevosita Rossiya QK Birlashgan shtabi bosh boshqarmasining tashqi razvedka xizmati tomonidan nazorat qilinadi, deb ishoniladi.

Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bayonotiga tayanib, hozirda Ukrainadagi jangovar harakatlarda 1100 nafar ayol ishtirok etayotganini ma’lum qildi. Bu Rossiya qurolli kuchlari sonining 0,3 foizini tashkil qiladi. Shu bilan birga, ayollar harbiy xizmatchilarning aksariyati tibbiy va oziq-ovqat ta’minoti bilan shug‘ullanadi.

Rossiya armiyasining turli bo‘linmalari ayollarni jangovar vazifalar uchun yollashda “Redut” XHShdan o‘rnak olishi mumkin. Ko‘plab manbalarga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi 20 oylik mojaro davomida katta yo‘qotishlarga uchragan va o‘z saflarini to‘ldirish yo‘llarini qidirayotgan bo‘lishi taxmin qilinadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring