Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada 6 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

Rossiyada 6 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

Foto: nsk.tsargrad.tv

Rossiyaning Novosibirsk shahrida 6 nafar o‘zbekistonlik migrant issiqxonada ishlaydigan xitoylikka hujum qilgani uchun sud qilindi. Ulardan biri qotillikda ayblandi.

Novosibirsk sudi hukmiga ko‘ra, hujum qilganlarning besh nafari 8 yildan 10 yilgacha muddatga koloniyaga jo‘natilgan, qotillikda aybdor deb topilgan yana bir o‘zbekistonlik 16 yil umrini qamoqda o‘tkazadi.

Qayd etilishicha, jinoiy guruh 2019 yilning yozida issiqxona majmuasi hududida ikki marta Xitoy fuqarolariga hujum qilgan. Talonchilar xitoyliklarni kaltaklab, buyumlarini talon-toroj qilishgan. Hujum paytida xitoyliklardan biri halok bo‘lgan. Hujumlar natijasida yetkazilgan zarar 1,7 million rublga baholangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring