Rossiya yadroviy qurolni qo‘llaydimi? Lavrov jurnalistning savoliga javob berdi
Rossiya yadroviy qurollardan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti, Ukrainaga qarshi odatiy qurollar qo‘llaniladi. Bu haqda RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «India Today»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Sergey Lavrovning aytishicha, uning mamlakati global halokatdan asrovchi asosiy posbonlardan biri.
«Rossiya va AQSh hech qanday yadroviy urush bo‘lmasligi haqida bayonot berganidan so‘ng, biz BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a’zolari majburiyatlari doirasida qo‘shimcha tashabbusni ilgari surishni boshladik. Bu aynan Rossiyaning tashabbusi edi. Biz «beshlik» (BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a’zolari)dan ham shunday bayonot qilishni so‘radik va bu amalga oshdi. Uzoq yillar davomida biz ushbu bayonotni qo‘llab keldik. Shunday ekan, yadroviy qurollardan foydalanish imkoniyati ko‘rilayotgani yo‘q, faqat odatiy qurollar», — dedi Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainaga hujum boshlanganidan bir necha kun o‘tib, prezident Putin yadroviy kuchlarni «maxsus jangovar tayyorgarlik» tartibiga o‘tkazishga buyruq bergandi.
Ushbu holatni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg yadroviy shantaj, deya baholagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter