Rossiya Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zoligiga qaytarildi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Rossiya olimpiya qo‘mitasini tashkilot a’zolari safiga qaytargan. Bu haqida «RIA Novosti» bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan bir necha manbalarga asoslanib xabar bermoqda.
O‘tgan yilning 5-dekabr kuni doping mojarosi va «Sochi-2014» o‘yinlari bilan bog‘liq ayblovlar tufayli Rossiyaning Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga a’zoligi to‘xtatib qo‘yilgan edi. Shundan so‘ng rossiyalik sportchilar Pxenchxandagi qishki olimpiya o‘yinlariga ham neytral bayroq bilan qatnashdilar.
Qaror Denis Osvald va Samuel Shmid rahbarligidagi XOQ ishchi komissiyasining xulosasi asosida qabul qilingan. Ular rossiyalik sportchilarning doping bilan bog‘liq ishini qayta tekshirgan. Shmidning ta’kidlashicha, hukumatning mazkur ishga aralashgani haqidagi faraz o‘z isbotini topmagan. Rossiya rasmiy doiralari mazkur ayblovni bir necha marotaba rad etgan edi.
Pxenchxanda rossiyalik sportchilar 2 ta oltin, 6 ta kumush va 9 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter