Rossiya va Qozog‘istonga yangi temir yo‘l yo‘nalishlari ochiladi
![Rossiya va Qozog‘istonga yangi temir yo‘l yo‘nalishlari ochiladi](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_1590521220.jpg)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 5-mart kuni «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qarorga asosan, 2018-yil 1-maygacha vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar ko‘p boradigan Rossiya va Qozog‘iston hududlari va shaharlariga yangi temir yo‘l yo‘nalishlari joriy etiladi.
2018-yil 1-iyungacha vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolar tomonidan talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda yangi yo‘lovchi poyezdlari qo‘yilib, platskart va umumiy vagonlar soni ko‘paytiriladi.
2018-yil 1-iyulgacha vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolarni tashish uchun zarur bo‘lganda xorijiy temir yo‘l kompaniyalarining respublika hududiga kirishi, O‘zbekiston hududiy temir yo‘l bog‘lanmalaridan Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi stansiyalarigacha yo‘lovchi tashishini nazarda tutgan holda, ta’minlanadi.
2018-yil 1-maygacha Vazirlar Mahkamasiga «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK huzurida pasaytirilgan tariflarda tashuvchi, kambudjetli aviakompaniya (loukoster) tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter