Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya va Belarus sportchilari Osiyo o‘yinlariga rasman taklif etildi

Rossiya va Belarus sportchilari Osiyo o‘yinlariga rasman taklif etildi

Foto: AP Images

Osiyo olimpiya qo‘mitasi (OSA) Rossiya va Belarus sportchilarini Osiyo o‘yinlarida qatnashishga rasman taklif etdi.

Biroq Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ayni paytda rossiyalik va belaruslik sportchilarni xalqaro musobaqalarga qaytarish masalasini milliy qo‘mitalar bilan birgalikda o‘rganayotgani bois, OSA kutishiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukraina hududiga qo‘shin kiritganidan so‘ng, XOQ 2022-yil bahorida rossiyalik sportchilarni barcha xalqaro musobaqalarda qatnashish huquqidan mahrum qilgandi.

Kecha, 25-yanvar kuni XOQ o‘z rasmiy sayti orqali rossiyalik va belaruslik sportchilarni xalqaro arenalarga qaytarishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Buning uchun bir qancha talablar qo‘yilgan. Avvalo Olimpiya xartiyasiga to‘liq rioya qilish shart. Qolaversa, bu sportchilar o‘z mamlakatlari yoki uning bironta tashkilotini taqdim etolmaydi — faqat neytral maqomda qatnashishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring